Andijonda karantin choralari yumshatilmoqda

Andijon viloyatida 3750 ta tadbirkorlik subyekti, jumladan mehmonxonalar, taksi yo‘nalishliari, sartaroshxona va go‘zallik salonlariga faoliyatini tiklashga ruxsat berildi.
Sputnik

TOShKENT, 5-may — Sputnik. Andijon viloyatida jami 3750 ta tadbirkorlik subyektiga karantin tadbirlariga qat’iy rioya qilgan holda faoliyatini tiklashga ruxsat berildi. Bu haqda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Viloyat hokimining topshirig‘i bilan 4-maydan:

- viloyatdagi 508 ta transport uyushmasidan 82 tasida litsenziyaga ega bo‘lgan 4700 dan ortiq yengil avtomobillarning uyushmalar tomonidan kunlik sanitariya talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritishiga;

- 3643 tasi ayollar va erkaklar uchun sartaroshxona va go‘zallik salonlarni sanitariya talablari asosida oraliq masofani saqlagan holda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi hamda soliq idoralari hodimlari nazorati ostida faoliyatini davom ettirishga;

O‘zbekistonda karantin rejimi yumshatilmoqda

- 25 ta mehmonxonaning har biriga sanitar vrachlarni jalb etgan holda xonalarni dezinfeksiya qilish va mehmonlarni kunlik tibbiy nazoratdan o‘tkazish orqali faoliyatini tiklashga ruxsat etildi.

Shu bilan birga, viloyatda O‘zbekiston bosh davlat sanitariya shifokori ko‘rsatmasiga asosan pandemiya davrida kasallik tarqalishining oldini olishni to‘liq nazorat qilish imkoniyati yo‘q bo‘lgan jami 1096 ta, shundan, 459 tasi umumiy ovqatlanish korxonasi (yetkazib berish xizmati asosida ishlash bundan mustasno), 115 ta to‘yxona, jamoat transportlari (avtobus, mikroavtobus) mavjud bo‘lgan 426 ta yirik transport uyushmasi, 24 ta nodavlat-notijorat o‘quv markazzi, 72 ta buyum bozori va savdo komplekslarining faoliyat yuritishi Respublika komissiyasining alohida ko‘rsatmasi bo‘lgunga qadar vaqtincha cheklab turiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq karantin munosabati bilan o‘rnatilgan Farg‘ona shahri ichidagi hamda viloyatlar orasida o‘rnatilgan postlar olib tashlangani xabar qilingan edi.