“Akademik Cherskiy” Rossiya portiga yetib keldi

“Shimoliy oqim-2” quvurini bitkazishga qodir “Akademik Cherskiy” quvur yotqizuvchi kemasi Kaliningradga yetib keldi.
Sputnik

TOShKENT, 4-may - Sputnik. “Shimoliy oqim-2” quvurini bitkazishga qodir “Akademik Cherskiy” quvur yotqizuvchi kemasi Kaliningradga yetib keldi. Bu haqda RIA Novosti Marine Traffic va Myshiptracking kema kuzatuv portallaridan olingan ma’lumotlarga asoslangan holda xabar qildi.

Aniqlanishicha, “Akademik Cherskiy” kuni kecha Kaliningrad portida langar tashlagan va AIS (Automatic Identification System, Avtomatik aniqlash tizimi) orqali ma’lumot uzatishni to‘xtatgan.

Polshada “Shimoliy oqim-2” aktivlarini hibsga olishni xohlab qolishdi

Quvur yotqizuvchi Naxodkadan yo‘lga chiqdi, uning Kaliningradgacha bo‘lgan safari 83 kun davom etdi. Shuni ta’kidlash kerakki, kema Afrika bo‘ylab yurib, sayohat davomida yetib borish manzilini bir necha bor o‘zgartirdi.

“Shimoliy oqim-2” loyihasi Rossiya sohilidan Boltiq dengizi orqali Germaniyaga ikkita quvur liniyasini yotqizishni nazarda tutadi. Loyihani aksiyadori yagona “Gazprom” bo‘lgan Nord Stream 2 AG amalga oshirmoqda.

Gaz quvuri o‘tgan yilning oxiriga qadar qurib bitkazilishi kerak edi, ammo dekabr oyida AQSh prezidenti Donald Tramp “Shimoliy oqim-2” va “Turk oqimi” loyihalariga qarshi sanksiyalarni o‘z ichiga olgan 2020-yilgi mudofaa budjetini imzolagan edi.