Namanganda "Kovid"ga chalingan bemor vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor o‘tkir nafas va yurak qon - tomir yetishmovchiligidan vafot etdi
Sputnik

TOShKENT, 3-may — Sputnik. Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan namanganlik bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda yana 9 kishida koronavirus aniqlandi

U 20-aprelda kasalxonaga yotqizilgan. 29-yildan buyon yotoqdagi bemor bo‘lishi bilan birga birinchi guruh nogironligi ham belgilangan.

Bemor tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Bu O‘zbekistonda o‘ninchi o‘lim holatidir.