Janubiy Koreya va KXDR chegarasida otishma yuz berdi

Koreya Respublikasi Shtab boshliqlari qo‘shma qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, KXDR va Janubiy Koreya chegarasida otishma  yuz berdi.
Sputnik

TOShKENT, 3-may — Sputnik. KXDR va Janubiy Koreya chegarasida otishma yuz berdi. Bu haqda Ronxap agentligi Koreya Respublikasi Shtab boshliqlari qo‘shma ko‘mitasiga asosan xabar qildi. RIA Novosti.

Kim Chen In singlisi KXDR rahbari bo‘lishga tayyorlanmoqda

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 07.41da yuz berdi.

"Demarkatsiya chizig‘i markaziy qismida joylashgan kuzatuv postiga (Janubiy Koreya - tahr.) qarata bir necha bor o‘q uzildi", - deyilgan xabarda.

Janubiy Koreya harbiylari, ko‘rsatmalarga muvofiq, Shimoliy Koreya tomon ikkita o‘q uzish bilan javob qaytarishdi.

Hech qanday moddiy zarar yetkazilmadi, jarohat olganlar yo‘q.

Shtab boshliqlari qo‘shma qo‘mitasida ta’kidlanishicha, Janubiy Koreya harbiy kuchlari "Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi harbiy aloqa liniyasi orqali" voqeaning sabablarini o‘rganishmoqda va bunday hodisalarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha choralarni ko‘rilmoqda.

Koreya yarim oroli rasmiy ravishda urush holatida, chunki 1950-1953 yillardagi Koreya urushi tinchlik shartnomasini emas, balki sulh imzolash bilan yakunlangan. Demilitarizatsiya qilingan zona 38-parallel bo‘ylab o‘tib, Koreya yarim orolini teng ikki qismga ajratadi.