Kim Chen In 20 kun deganda ilk marta ommaga ko‘rinish berdi - video

Janubiy Koreya, yapon va g‘arb OAVlarida tarqalgan og‘ir xastalik to‘g‘risidagi mish-mishlarga qaramay, Kim Chen In quvnoq va dadil ko‘rinmoqda. Fotosuratlarni tomosha qiling!
Sputnik

TOShKENT, 2-may - Sputnik. Uzoq davom etgan kutishlardan so‘ng Kim Chen In va nihoyat omma qarshisida ko‘rinish berdi: mamlakat hukmdor Mehnat partiyasi matbuot organi sanalgan shimoliy koreya Rodong Sinmun nashri KXDR rahbarining o‘g‘itlar ishlab-chiaruvchi zavod ochilishida olingan fotosuratlarini e’lon qildi.

Kim Chen In singlisi KXDR rahbari bo‘lishga tayyorlanmoqda

Janubiy Koreya, yapon va g‘arb OAVlarida tarqalgan og‘ir xastalik to‘g‘risidagi mish-mishlarga qaramay, Kim Chen In quvnoq va dadil ko‘rinmoqda. Fotosuratlarda uning tabassum qilayotganini, o‘ziga hamrohlik qilgan kishilarga nimalarnidir tushuntirayotganligini, ular esa o‘z navbatida yetakchi ko‘rsatmalarini bloknotga yozib olishayotgani aks etganini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, qator fotosuratlarda yetakchi yonida uning singlisi Kim Yo Chjon ham aks etgan.

Kim Chen In 20 kun deganda ilk marta ommaga ko‘rinish berdi - video

Eslatib o‘tamiz, 15-aprel kuni Kim Chen In o‘z bobosi - KXDR asoschisi Kim Ir Sen tavallud kuniga bag‘ishlangan ayyomni o‘tkazib yuborgan edi. Uning ko‘rinish bermagani tufayli OAVlarda turli mish-mishlar tarqala boshladi, Kim Chen Inning o‘lgani yoki og‘ir xastaligi haqida ma’lumotlar tarqaldi.

Shimoliy Koreya yetakchisi yotgan joyidan mustaqil tura olmasligi, harakatlari cheklangani va hatto "vegetativ holatda" ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.