Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra Sardobadagi hodisa bo‘yicha Hukumat komissiyasi tashkil etildi

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha erta tongda, Sardoba suv omboridagi to‘g‘ondan suv siza boshlagani, aholining bir qismi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan evakuatsiya qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu soatlarga qadar o‘nlab insonlarning hayotlari qutqarib qolingan.
Sputnik

TOShKENT, 2-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra Sardobadagi favquloddagi holat yuzasidan Hukumat komissiyasi tashkil etildi. Bu haqda FVV axborot xizmati ma’lum qildi.

Sardobadagi damba yorilishidan so‘ng, Qozog‘istondagi aholi evakuatsiya qilindi

Axborot xizmati xabariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida yuz bergan favqulodda vaziyatda tabiiy ofatning eng katta zarbasi - suv ombor hududiga yaqin joylashgan bir necha aholi punktlariga zarar yetkazgan.

Ayni daqiqalarda FVV xodimlari IIV, Milliy gvardiya vakillari bilan hamkorlikda qidiruv-qutqaruv ishlarini faollik bilan olib bormoqda.

Ushbu soatlarga qadar o‘nlab insonlarning hayotlari qutqarib qolingan. Odamlarning halok bo‘lganligi haqida ma’lumotlar kelib tushmagan.

Bundan tashqari, tabiiy ofatlar hududidan evakuatsiya qilingan odamlar uchun bir qator viloyatlardan oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon hamda zaruriy qurilish materiallaridan iborat insonparvarlik yordamlarini yuborish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Sirdaryodagi damba yorilishi oqibatida 60ga yaqin inson jabrlangan

Bundan tashqari, Favqulodda vaziyatlar vazirligidan jami 1000 o‘rin sig‘imiga ega palatkalar, ko‘rpa-to‘shak va yashash jihozlari, 11 ta maxsus texnika Sirdaryo viloyatiga yuborildi.

Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni belgilagan holda kuch va vositalar guruhi shakllantirilmoqda.

Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlarida 20 nafar fuqaroning hayoti saqlab qolindi. Ularga birinchi yordam ko‘rsatilib, tibbiyot xodimlariga topshirilgan. Hozirda Sirdaryoda “Sardoba” suv ombori dambasini mustahkamlash ishlari olib borilmoqda.

Vaziyat yuzasidan qo‘shimcha axborotlar berib boriladi.