AQSh G‘alaba tarixini o‘zgartirishga qaratilgan soxta dasturlarni amalga oshmoqda

AQSh Ikkinchi jahon urushida o‘z o‘rnini bo‘rttirib ko‘rsatish va Qizil Armiya va Sovet Ittifoqi xalqlari rolini kamsitishga urinishda davom ettirmoqda. Navbatdagi ana shunday soxta tadbir Vengriyada qayd etildi.
Sputnik

TOShKENT, 1-may - Sputnik. Rossiyaning AQShdagi elchixonasi Vashingtonni Ulug‘ Vatan urushi g‘alabasi tarixini o‘zgartirishga qaratilgan soxta tarixiy dasturlarni amalga oshirishdan voz kechishga chaqirdi.

Ikkinchi jahon urushi tarixini buzib ko‘rsatishga urinish holatlari davom etmoqda - Putin

Bunga sabab Vengriyadagi shunday dasturlardan birining shartlari Amerika diplomatik vakolatxonasining saytiga joylashtirilganligi bo‘ldi. RIA Novosti xabariga asosan. 

Ikkinchi Jahon urushidagi G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan Davlat Departamentining grantlarini taqdim etuvchi tanlovining tavsifida, potensial da’vogarlarga aniq odamlarning hikoyalari va og‘zaki dalillariga asosslanib, "insonparvarlik va qarshilik aktlari, shuningdek, Xolokost, Ikkinchi Jahon urushi va Sovet Ittifoqi zolimligi ostidagi davrda shafqatsizlik va hamkorlikka bag‘ishlangan narsalar to‘g‘risida o‘ylash taklif etiladi" deyilgan.

"Buyuk G‘alabaning 75-yilligida Davlat departamenti tarixni qayta yozishga qaratilgan yana bir bema’ni urinishni amalga oshirmoqda. Sovet Ittifoqi xalqlarining natsizm ustidan g‘alaba qozonishidagi, Xolokostning tugatilishidagi hal qiluvchi hissasini unutish urinishini. Biz Amerika tomonini qasddan yolg‘on, noloyiq va soxta tarixiy dasturlardan voz kechishiga chaqiramiz", - deyiladi Rossiya elchixonasining Feysbukdagi sahifasidagi murojaatida.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Rabkov AQSh Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alabada Qizil Armiya rolini kamsitish maqsadida o‘z foydasiga o‘zgartirishga harakat qilmoqda, degan fikrni bildirdi.