O‘zbekistonda taksi xizmatlari yo‘lovchilar tashish faoliyatini qayta tikladi

Shu bilan birga haydovchilardan maxsus kombenizon, tibbiy qo‘lqop va niqoblarda faoliyat olib borish talab etiladi
Sputnik

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekistonda taksi xizmatlari soat 07:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida ishlay boshladi.

“Barcha fuqarolarga yo‘lovchilar bilan avtomobilda harakatlanish ruxsat berilgani sababli, “Mini”, “Ekonom”, “Komfort” va “Biznes” tarif rejalari ishi tiklanganligi haqida mamnuniyat bilan xabar beramiz”, - deyiladi MyTaxi xabarida.

O‘zbekistonda karantin rejimi yumshatilmoqda

Haydovchilar maxsus kombenizon, tibbiy qo‘lqop va niqoblarda faoliyat olib borishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, 30-apreldan soat 07:00 dan 10:00 ga hamda soat 17:00 dan 20:00 ga qadar barcha turdagi shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalari, shu jumladan, velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga ruxsat berildi.

Asosiy maqsad ish joyiga borib kelish, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi navbatda zarur bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilish bo‘lishi kerak.