Xitoy AQShning koronavirus epidemiyasi bo‘yicha dag‘dag‘alariga javob qaytardi

Avvalroq Amerika yetakchisi Donald Tramp COVID-19 pandemiyasi tufayli Xitoy uchun turli oqibatlarni ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. AQSh uning dushmani Xitoy emas, virus ekanini tushunmog‘i lozim, deya bayonot qildi XXR TIV vakili Gen Shuan.

Koronavirus o‘pkada bemor sog‘aygandan so‘ng ham "yashirinishi" mumkin — olimlar

Sal oldin Reyter agentligiga bergan intervyusida amerika yetakchisi Donald Tramp COVID-19 pandemiyasi tufayli Xitoy uchun turli oqibatlarni ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan edi.

"Javobgarlik masalasiga keladigan, biz bir emas, bir necha marotaba virus - insoniyat uchun umumiy dushman ekanligini aytganmiz. Xitoy ham jabr chekkan tomon sanaladi, u AQSh o‘ylagani kabi virusning "hamtovog‘i" emas", — deya izoh bergan Gen Shuan.

XXR TIV vakili, shuningdek, jahon sog‘liqni saqlash sohasida yuz berayotgan inqiroz yuzi oldida xalqaro hamjamiyat birlashib, ushbu muammoni birgalikda yengishi lozimligini qayd etdi.

Lavrov COVID-19 pandemiyasining yuzaga kelishi versiyalari haqida fikr bildirdi

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Tramp bir necha bor Vashingtonda koronavirus Uxan laboratoriyasida yuzaga kelgan, degan versiyani istisno etmayotgani haqida gapirgan edi. AQSh prezidenti agar u yerda ongli ravishda virus epidemiyasiga yo‘l qo‘yilgani aniqlangudek bo‘lsa, Pekinga "yomn oqibatlar" bilan dag‘dag‘a qilgan edi. Xitoy TIV bunga javoban avval boshdanoq ochiq pozitsiya qo‘llanilgani, hech qanday ma’lumot yashirilmaganini ta’kidladi.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda yer yuzida koronavirusga chalinganlar soni 3 milliondan ortgan, ularning 208 mingga yaqini vafot etgan. Amerikaning Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni yer yuzida 3,2 milliondan ortiq, qurbonlar soni esa 228 mingtadir.

Ayni vaqtda kasallanganlar va qurbonlar soni bo‘yicha birinchilikda AQSh turibdi, undan keyingi o‘rinlarda Ispaniya, Italiya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Turkiya kelmoqda. Rossiya Eron va Xitoyni quvib o‘tib, sakkizinchi o‘rinni band etgan.