Yelsin va Putinning shaxsiy uchuvchisi vafot etdi

Grigoriy Beloded "Rossiya" maxsus parvoz otradida Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin parvoz qilgan ekipaj komandiri sifatida ishlagan. Keyinchalik u Vladimir Putinning shaxsiy bosh uchuvchisiga aylangan
Sputnik

TOShKENT, 30 apr - Sputnik. Rossiya prezidentlarining shaxsiy uchuvchisi Grigoriy Beloded 73 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi "Komsomolskaya pravda" nashri uchuvchining o‘g‘li Yaroslavga tayangan holda.

Putinning yangi limuzinini birinchi marta Qirg‘izistonda ko‘rishadi

Ma’lum bo‘lishicha, Yaroslav otasiga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmagach, uning uyiga borgan. Beloded bu vaqtda vafot etgan edi. Jasad morgga olib ketilgan, u yerda sud-tibbiyot eksperti o‘lim sabablarini aniqlagan.

Grigoriy Beloded "Rossiya" maxsus parvoz otradida Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin parvoz qilgan ekipaj komandiri sifatida ishlagan. Keyinchalik u Vladimir Putinning shaxsiy bosh uchuvchisiga aylangan.

"Dadam oxirgi kunigacha sevimli ishidan ayrilmadi. 2005-yilda otam "osmonni" tark etdi, lekin yerda "Rossiya" maxsus parvoz otradida o‘z ishini davom ettirdi", - deydi Yaroslav.