Afg‘onistonda 12 mingdan ziyod mahbuslar qamoqdan chiqariladi 

Koronavirus epidemiyasi tufayli Afg‘oniston hukumati barcha mahbuslarni qamoqxonalardan chiqarishga qaror qildi.
Sputnik

TOShKENT, 30 apr - Sputnik. Koronavirus pandemiyasi tufayli Afg‘onistonning Hirot shahrida 500ga yaqin mahbus qamoqdan chiqarildi, deb xabar qilmoqda RT.

Telekanal tomonidan e’lon qilingan videolavhada mahbuslarga ularning hujjatlari va shaxsiy buyumlari topshirilib uylariga javob berilmoqda. 

"Koronavirus epidemiyasi tufayli hukumat 500ga yaqin mahbuslarni qamoqdan ozod qildi. Undan tashqari biz dezinfeksiya choralari, ijtimoiy masofa saqlash va ommaviy tadbirlarni bekor qilish kabi choralarni ko‘rayapmiz. Hukumatining mamlakat bo‘yicha jami 12 299 nafar mahbuslarga javob berish rejalashtirilgan", - dedi Hiroy qamoqxonasi boshlig‘i Mayvand Samadi.  

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi xabarlarga ko‘ra Afg‘onistonda 2 mingdan ortiq kishida COVID-19 aniqlangan. Ulardan  250 nafari tuzalib ketgan  60 nafari vafot etgan.