Ko‘rshapalaklar odamlarga qachon tahdid solishi mumkin – biolog

Odamlar ko‘rshapalaklardan kasallik yuqtirib olish xavfi - ular ko‘p to‘plangan joylarda yuzaga kelishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Odamlar ko‘rshapalaklardan kasallik yuqtirish xavfi ular ko‘p to‘plangan joylarda yuzaga kelishi mumkin, tog‘ tizmalaridan tashqaridagi mo‘’tadil kengliklarda bunday joylar yo‘q, deydi biolog, Moskva davlat universiteti xodimi Sergey Kruskop.

“Ko‘rshapalak odam”: koronavirusdan himoya kiyimi dizayni tayyorlandi - foto

Agar ko‘rshapalaklarni barcha turlarini yo‘q qilish haqida masala paydo bo‘lsa ham, buni amalga oshirish texnik jihatdan qiyin.

Ko‘rshapalaklar pandemiyaga sabab bo‘lgan COVID-19 ehtimoliy manbalaridan biri ekanligi ma’lum qilindi. Pangolinlar avvalgi SARS koronavirusi infeksiyasini yuqtirish manbai sifatida tan olinganida, Xitoy hukumati tutqunlikda bo‘lgan bu turdagi barcha hayvonlarni yo‘q qilish haqida topshiriq bergandi.

“Ko‘rshapalaklarni kamdan-kam holatlarda uchratamiz. Ko‘rshapalaklardan xavf ular katta to‘planadigan joylarda bo‘ladi. Tog‘li hududlardan tashqarida bunday to‘dalar deyarli yo‘q. O‘rta kenglikda eng katta to‘da - ehtimol bir necha o‘nlab, yuz yarim, lekin bu kamdan-kam uchraydi. O‘rta kenglikda ko‘rshapalaklar kichik guruhlarda yashaydi va katta maydonlarga tarqalib ketadi. Agar to‘satdan ularni qasddan qirib tashlash vazifasi qo‘yilsa, texnik jihatdan buni amalga oshirish juda muammoli bo‘ladi”, - deydi Kruskop.

Mutaxassis Qrimda ko‘rshapalaklar turlaridan birini – uzun qanotli ko‘rshapalaklarni yo‘q qilish haqida holat bo‘lganini eslatdi.

“Oddiy uzun qanotli ko‘rshapalaklar katta koloniya bo‘lib yashaydilar, sovuq mavsumda omon qolish uchun qishni g‘orlarda o‘tkazadilar. Ularga hamma g‘orlar ham to‘g‘ri kelmaydi, shuning uchun barcha ko‘rshapalaklar 1-2 ta g‘orda yig‘ildi. SSSRda o‘quv qo‘llanmalar chiqaradigan tashkilot faoliyat ko‘rsatgan. Ular uchun ko‘rshapalaklarning skeletlari kerak bo‘lgan. Qrimda uzun qanotli ko‘rshalaklarning butun bir boshli populyatsiyasi qish mavsumida yo‘q qilingan. Ular qo‘nim topgan g‘orda 70 minga yaqin ko‘rshapalak tutib olingan,” – deydi olim.

Biolog ta’kidlashicha, ko‘rshapalaklar dunyodagi sutemizuvchilarning xilma-xilligining beshdan birini tashkil etadi, ularning 1,4 mingdan ortiq turi mavjud.

Kruskopning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rshapalak bilan juda yaqin, masalan, ularni iste’mol qilish vaqtida kasallik yuqtirib olish mumkin. Shu tariqa Ebola virusi ko‘rshapalakdan odamga yuqtirilgan.