Dunyoda Rossiya bug‘doyining tanqisligi yuzaga kelishi mumkin - Bloomberg

Mart oyida Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi bir qator don ekinlari, shu jumladan bug‘doyni eksport qilishga vaqtincha cheklov joriy etgandi.
Sputnik

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Rossiya bug‘doyini eksport qilish uchun kvota joriy qilinishi tufayli dunyo bir qator davlatlar qo‘shimcha xaridlarni amalga oshirmoqchi bo‘lganda bug‘doysiz qolish xavfi ostida qolmoqda, deb xabar qildi Bloomberg.

Surpriz: neft inqirozi ortidan gaz inqirozi keladi. Endi nima bo‘ladi

Mart oyida Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi bir qator don ekinlari, shu jumladan bug‘doyni eksport qilishga vaqtincha cheklov joriy etdi. 30-iyungacha yetti tonnadan ortiq miqdorda bug‘doy olib chiqish mumkin edi. Bu narxlar ko‘tarilib ketishini to‘xtatish uchun qilingan.

Kvota 26-aprelga qadar to‘liq ishlab bo‘lindi va endi Rossiya yangi hosil pishishigacha - 1-iyulga qadar bug‘doy yetkazib bera olmaydi. Faqatgina bir nechta - qo‘shni davlatlarga bug‘doy eksport qilinmoqda.

Rossiya bug‘doyni eng yirik yetkazib beruvchisi hisoblanadi, chunki dunyoga yetkazib berish cheklanishi tufayli oziq-ovqat tanqisligi yuzaga kelib, narxlar ko‘tarilishi mumkin. Shu o‘rinda, ayrim ekspertlar fikriga ko‘ra, amerikalik yoki yevropalik yetkazib beruvchilar vaziyatni o‘z foydasiga o‘zgartirishi mumkin.