Afg‘oniston va Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi

Afg‘oniston va Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi zilzila O‘zbekistonda sezilmaganini ma’lum qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Afg‘oniston va Qirg‘izistonda zilzila yuz berdi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Afg‘oniston hukumati insonparvarlik yordam uchun Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi

Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qilishicha: 28.04.2020 da Toshkent vaqti bilan 16:15 (28.04.2020 da 11:15 Grinvich bo‘yicha) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi.

Koordinatalar 36,58 gradus shimoliy kenglik, 70,71 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,4. Chuqurlik h=100 km. Toshkentgacha masofa 537 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Shuningdek, bugun, Toshkent vaqti bilan 16:45 Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Koordinatalar 39,98 gradus shimoliy kenglik, 70,78 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,8. Chuqurlik h =10 km. Toshkentgacha masofa 194 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi zilzila O‘zbekistonda sezilmaganini ma’lum qilgan.