TOShKENT, 27 apr — Sputnik. O‘zbekistonda Ai-92 markali benzin narxi yana 500 so‘mga arzonlashdi va 29-apreldan boshlab uning narxi 5500 so‘m etib belgilandi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar qildi.
"O‘zbekneftgaz" AJning “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida Ai-92 markali benzin va Yevropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilg‘isi sotuvini yo‘lga qo‘ygan edi. 2020-yilning 1-mart kunidan boshlab, ushbu AYoQShlardagi dizel yoqilg‘isining narxi 500 so‘mga arzonlashtirildi.
2020 yilning 26-mart kunidan e’tiboran Ai-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga pasaytirilgan edi