O‘zbekiston va Rossiya iqtisodiy hamkorlikni takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston va Rossiya joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Mintaqalararo biznes-forum, Ta’lim va Media forumlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ikki mamlakatning tegishli tashkilotlari sa’y-harakatlarini birlashtirishga kelishib oldi.
Sputnik

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov telekonfrensaloqa orqali Rossiya hukumat rahbari o‘rinbosari Aleksey Overchuk bilan O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi va logistka sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi so‘ngi uch yil davomida ko‘rsatkichlari keskin o‘sib borayotgan strategik hamkorlikning hozirgi holatini yuqori baholadilar. Shu bilan birga, investitsiya va savdo-iqtisodiy hakmorlikni yanada kengaytirish uchun foydalanilmagan ulkan imkoniyatlar mavjudligi, shuningdek, ushbu imkoniyatlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflarni birgalikda ishlab chiqish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Kamilov va Lavrov koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi

Ta’kidlanishicha, qo‘shma savdo va logistika kompaniyalari va meva-sabzavotlarni ulgurji-tarqatish markazlarini tashkil qilish, qishloq xo‘jaligi klasterlari va boshqa loyihalarni amalga oshirish istiqbollari alohida ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, savdo sheriklik sohasidagi aniq takliflar, xususan, ikki mamlakat bozorlarida talab katta bo‘lgan mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berish ko‘lami va hajmini kengaytirish choralari ko‘rib chiqildi.

“Tomonlar, shuningdek, joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma kongress-ko‘rgazma tadbirlarini – Mintaqalararo biznes-forum, Ta’lim va Media forumlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ikki mamlakatning tegishli tashkilotlari sa’y-harakatlarini birlashtirishga kelishib oldilar”, - deyilgan xabarda.

Muhokama yakunlari bo‘yicha o‘zaro manfaatli natijalarga erishish uchun ta’kidlab o‘tilgan yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettirish to‘g‘risida kelishib olindi.