Qashqadaryoda ertapishar tarvuz navi yetishtirilmoqda

Besh ming gektardan ziyod yerga ekilgan ertapishar tarvuzning dastlabki xosili may oyining birinchi o‘n kunligida pishib yetiladi.
Sputnik

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida poliz mahsulotlaridan tarvuz yetishtirishning o‘ziga xos maktabi yaratilgan. Bojxona qo‘mitasi xabariga asosan.

Yashil yo‘lak, yoxud Rossiyaga O‘zbekiston meva-sabzavotlari eksportini qanday ko‘paytirish mumkin

Tumanning Ko‘kdala hududida keng quloch yoygan bo‘lib, mirishkor dehqonlari tarvuz parvarishlashning intensiv usullarini qo‘llash, serhosil navlarni yetishtirishda ilg‘orlik namoyon etishmoqda. Joriy yilda 14 ming gektar yerga tarvuzning ertachi, o‘rta va kechki navlari ekilishi mo‘ljallangan.

“Shu yil ham 5 gektar yerga tarvuz ekkanmiz. Biz urug‘ni yerga qadaganda qor bor edi. O‘ziga xos mehnati ham bo‘ldi. Gektaridan 20 tonnagacha xosil olish niyatidamiz. Mahsulotlarimiz butun mamlakatimiz bo‘ylab tarqaladi, eldan ortganini birinchilardan bo‘lib, Rossiya va Qozog‘istonga eksport qilamiz,” - deydi “Rajab ota” fermer xo‘jaligi rahbari Ulug‘bek Jumanazarov.

Chiroqchi tumanida 385 ta fermer xo‘jaliklari va 591 ta tomorqa egalari tarvuz yetishtirishga bel bog‘lashgan. 5 030 gektar yerga ekilgan ertapishar tarvuzning dastlabki xosili may oyining birinchi o‘n kunligida pishib yetiladi.

Bu yo‘nalishda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan ham zarur chora-tadbirlar belgilab olingan. Hududda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi va poliz mahsulotlarini eksportga jo‘natishda eksportorlarga doimiy ravishda yaqindan yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Bojxona rasmiylashtiruvlarining soddalashtirilgan tartibda “yashil yo‘lak” orqali amalga oshirilishi, tadbirkorlarning qimmatli vaqtini va mablag‘ini tejashga, mahsulotlarni sifatini saqlash hamda manzilga tezkor yetib borishlarini ta’minlamoqda.