TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar haqidagi mish-mishlarni tasdiqlovchi hech qanday alomatni ko‘rmagan. Bu haqda dushanba kuni Seulda Milliy birlashish ishlari vazirligi ma’lum qildi.
“Milliy xavfsizlik kengashi rayosati majlisida e’lon qilingandek, Shimoliy Koreyada (KXDR Davlat kengashi ) raisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar haqidagi mish-mishlar bois ularni tasdiqlovchi alomatlar yo‘q. Noodatiy tendensiyalar ham kuzatilgan yo‘q”, - degan Milliy birlashish ishlari vazirligi vakili Cho Xe Sil. Uning so‘zlarini RIA Novosti Ronxap agentligi xabariga asoslangan holda keltirgan.
Avvalroq xorijiy OAVlarda Kim Chen Inning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ayrimlari hatto Shimoliy Koreya yetakchisi ikki marta muhim tadbirlarda ko‘rinish bermaganligi sababli uni “o‘lganini” taxmin qilishdi.