TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Fighterbomber YouTube kanalida AQShning samolyotlar uchun mo‘ljallangan USS George Washington (CVN-73) harbiy kemasi yaqinida Rossiyaning Il-38 samolyoti parvozi aks etgan video paydo bo‘ldi.
Ta’kidlanishicha, AQSh qiruvchilari Il-38 samolyotini kemaga 30 km masofada to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘lgan. Bu Rossiya samolyotining USS George Washington kemasiga yaqinlashishiga to‘sqinlik qilmadi.
Il-38 samolyoti - soatiga 650 kilometr tezlikka qodir bo‘lgan sovet va Rossiya o‘rta masofali kemalarga qarshi samolyotlar.
USS George Washington — Amerikaning “Nimis” tipidagi samolyot tashuvchi atom kemasi hisoblanadi. Kema bortida olti mingdan ortiq kishi va 90 tagacha samolyot va vertolotlar joylashishi mumkin.