“O‘zcharmsanoat” uyushmasiga yangi rais tayinlandi

Vazirlar mahkamasining qarori bilan Faxriddin Boboyev “O‘zcharmsanoat” uyushmasining raisi etib tasdiqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Faxriddin Boboyev “O‘zcharmsanoat” uyushmasining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining tegishli qarori 24-aprel kun qabul qilingan.

Tayinlovga qadar Boboyev mazkur uyushma raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Unga 2019-yil yanvar oyi oxiridan uyushmaning raisi vazifasini bajarish yuklangan edi