Rossiyada aniqlangan koronavirus holati 81 mingtaga yaqinlashdi

Koronavirus bilan bog‘liq holat Rossiyaning 83 ta mintaqasida aniqlandi. Bir sutkada 6361 kishi virusni yuqtirib olgan.
Sputnik

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘tgan sutkada Rossiyada 6361 ta yangi koronavirus holati aniqlandi. Bu haqda mamlakat tezkor shtabi xabar qildi.

Rossiyaning to‘qqizta vaksina ishlanmasi COVID-19ga “zarba beradi”

Yangi kasallanish mamlakatning 83 ta mintaqasida qayd etilgan. 26-aprel holatiga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga giriftor bo‘lganlarning umumiy soni 80 949 nafarga yetgan.

Qayd etilishicha, eng ko‘p kasallanish holati Moskvada aniqlangan. O‘tgan kun davomida Rossiya poytaxtida 2971 kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan.

Rossiyada bugunga qadar 747 kishi koronavirusdan vafot etgan. Kasalxonadan 6767 kishiga javob berilgan va ular to‘liq tuzalib ketgan.