IIBB navbatdagi yolg‘on xabardan ogohlantirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida jinoyatchilar giyohvand moddasi bilan ishlov berilgan niqob tarqatib, o‘g‘irlikning yangi usulini qo‘llayotgani haqida audioxabar tarqaldi.
Sputnik

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Toshkent shahar IIBB Yunusobod tumanida jinoyatchilar giyohvand moddasi bilan ishlov berilgan niqob tarqatib, o‘g‘irlikning yangi usulini qo‘llayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

O‘zbekistonda firibgarlar o‘zini yakkalash tartibini buzganlik uchun “jarimaga torta boshladi”

Ma’lum qilinishicha, internet tarmog‘ida tarqalgan audioxabarda qandaydir “...kishilar eshikma eshik yurib, niqob tarqatib yuribdi. Ularning aytishicha, bu mahalliy hokimiyatning yangi tashabbusi. Ular niqob sizga to‘g‘ri kelishini ko‘rish uchun sizdan niqobni taqishni iltimos qilishadi. Mazkur niqobga narkotik ta’sirga ega kimoviy vositalar bilan ishlov berilgan. Shundan so‘ng ular sizni o‘marishadi! Iltimos, begonalardan niqob olmang. Unutmang, do‘stlar, hozirgi qiyin kunlarda odamlar umidsizlikka tushishgan, jinoyatchilik o‘sib boradi”, deyilgan.

“Ushbu xabar haqiqatdan yiroqdir. Yunusobod tumani yoki Toshkent shahrining boshqa tumani hududida bu kabi holatlar yuz bermagan”, - deyilgan xabarda.

IIBB bu kabi xabarlar tarqalishi to‘g‘risida Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari ogohlantirganini eslatib o‘tgan.

“Bizning fuqarolar ham ushbu holat go‘yoki Toshkent tumanlaridan birida ro‘y bergan degan holda ba’zi talqinlar bilan bu kabi xabarlarni tarqatishmoqda”, - deya tushuntirgan IIBB.

Idora fuqarolardan har qanday yolg‘on xabarlarga ishonmaslikni so‘ragan va xabarni rasmiy manbalarda tekshirib ko‘rishni tavsiya qilgan.