9 may bayramida qabristonlarga borishga ruxsat beriladimi - IIV javobi

Memorial Mogila Neizvestnogo Soldata v Aleksandrovskom sadu v Moskve.
Respublika hukumati tomonidan, ilgari o‘tkazilishi rejalashtirilgan ayrim tadbirlar, ya’ni diniy marosimlar, xotira va qadrlash hamda shunga o‘xshagan tadbirlarni vaqtincha cheklash bo‘yicha qaror qabul qilingan edi.
Sputnik

TOShKENT, 25 apr - Sputnik. Bugun AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov 9-may bayrami karantin sharoitida qanday nishonlanishi haqidagi savolga javob berdi.

Voyennoslujashie vo vremya voyennogo parada v Moskve, posvashonnogo 72-y godovshine Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941-1945 godov
Pandemiya tufayli 9-mayda G‘alaba paradi o‘tkazilmaydi

G‘iyosovning ta’kidlashicha, respublika hukumati tomonidan, ilgari o‘tkazilishi rejalashtirilgan ayrim tadbirlar, ya’ni diniy marosimlar, xotira va qadrlash hamda shunga o‘xshagan tadbirlar karantin talablaridan kelib chiqib, vaqtincha cheklash bo‘yicha qaror qabul qilingan.

Ammo karantin cheklovlari yumshatilib, ushbu turdagi marosimlar va bayram tadbirlariga ruxsat berilishi bilan, jamoatchilikka bu xaqda zudlik bilan yetkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin prezident farmoni bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 milliondan mukofot berilishi haqida xabar bergan edik.