O‘zbekistonda COVID-19dan tuzalganlar soni 610 nafardan oshdi

O‘zbekiston bo‘ylab yangi turdagi koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 617 nafarga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Namangan viloyatidan 14 nafar, Andijon viloyatidan 5 nafar bemor butkul sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

O‘zbekistonda yana bir kishi koronavirus qurboniga aylandi

Qayd etilishicha, Namanganda sog‘ayganlarning 4 nafari erkak, 10 nafari ayollar bo‘lib, barcha Namangan viloyatidan. Andijonda darddan forig‘ bo‘lganlarning 5 nafari ham ayollar bo‘lib, barchasi ushbu viloyatdan. Ikkita viloyatdan jami 19 nafar bemor koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 79 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Shunday qilib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 617 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1778 kishini tashkil qilmoqda. 8 kishi ushbu virus qurboniga aylandi.