Tramp quyosh nurini koronavirusning “qotili” deb atadi

AQSh prezidenti koronavirus quyosh nurining bir daqiqa davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirida halok bo‘ladi degan fikrni bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 24 apr - Sputnik. Koronavirus quyosh nurining bir daqiqa davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirida halok bo‘ladi. Bunday fikrni AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga bildirdi.

“Tanamizga ultrabinafsha yoki juda kuchli yorug‘lik kuchli ta’sir qilgan taqdirdagina. Agar yorug‘likni tananing ichiga, teri yoki boshqa narsalar orqali yetkaza olsangiz, u (koronavirus – tahr.) bir daqiqada yo‘q bo‘ladi”, - deya Tramp so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Green Card endi berilmaydi: Tramp AQShga immigratsiyani to‘xtatdi

Shu bilan birga Tramp bunday ma’lumotni qayerdan olganligiga aniqlik kiritmadi.

Avvalroq, Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko quyosh “koronavirus tarqalishini oldini oladi” deb ta’kidlagan, ammo faqat issiq havoda.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirusi infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 2,7 milliondan ortiq infeksiyalanish holati qayd etilgan, 175 mingdan ortiq odam vafot etgan.

O‘zbekistonda kasallanganlar soni 1778 kishini tashkil etadi. Davolanganlar 582 kishi. 7 kishi vafot etdi.

Rossiya, O‘zbekiston va dunyoda COVID-19 bilan bog‘liq so‘nggi ma’lumotlar stopkoronavirus.rf va coronavirus.uz portallarida keltirilgan.