TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtiruvchi qonunga imzo chekdi. Hujjat huquqiy axborotlar portalida e’lon qilingan.
Rossiyada doimiy ravishda istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar boshqa davlat fuqaroligidan voz kechmasliklari mumkin. Bundan tashqari, SSSR va uning sobiq respublikalarida tug‘ilganlar, biroq ular fuqaroligini olmaganlar, ariza topshirgunga qadar Rossiyada uch yil yashash sharti talabi hamda daromad manbaini tasdiqlashdan ozod qilinadi.
Bu Rossiyada yashayotgan uch yil Rossiya fuqarosi bilan nikohi bor hamda Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan ota-onasi bo‘lgan chet el fuqarolariga ham taalluqli. Ular uchun yuqoridagi talablar bekor qilindi.
Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Qonun loyihasi Davlat dumasiga aprel boshida kiritilgan edi. Hozir Rossiya fuqaroligini olmoqchi bo‘lgan chet el fuqarolari o‘zlarining fuqaroliklaridan voz kechishlari kerak edi. Shu bilan birga, bu Rossiyaning xalqaro shartnomasi bo‘lgan davlat fuqarolariga taalluqli emas edi.