Konslager sobiq mahbuslari fin bosqinchilari ustidan Tergov qo‘mitasiga arz qildi

Fin konslagerlarining sobiq mahbuslari TQ raisi Aleksandr Bastrikinga Ulug‘ Vatan urushi davrida okkupatsion hukumatning harakatlarini tergov qilishni so‘rab murojaat qilishdi.
Sputnik

TOShKENT, 23 apr - Sputnik. Kareliyadagi fin konslagerlarining sobiq mahbuslari TQ raisi Aleksandr Bastrikinga Ulug‘ Vatan urushi davrida okkupatsion hukumatning harakatlarini tergov qilishni so‘rab murojaat qilishdi. So‘rovnoma matni RIA Novosti ixtiyorida.

Konslager sobiq mahbusi finlarning jinoyati bo‘yicha guvohlik berishga tayyor

Avvalroq, agentlik "Bez sroka davnosti" loyihasi doirasida FHHning Kareliya mintaqaviy bo‘limi tomonidan oshkora qilingan va ilgari nashr etilmagan fin fashistlarining tinch sovet fuqarolariga nisbatan harbiy jinoyatlarining dalillarini e’lon qildi. Dushanba kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi tekshiruvni boshladi.

"Biz, quyida imzo chekuvchilar, Petrozavodsk shahridagi konsentratsion lagerlarining asirlari va fin bosqinchilarining g‘ayriinsoniy munosabatining tirik guvohlari, Sizga fin okkupatsion qo‘shinlari qo‘mondonligi va ularning sheriklari jinoyatlarini tergov qilishni va sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortishingizni so‘raymiz", - deyiladi Valentina Moshnikova, Tamara Kardash, Lenina Makeyeva va Galina Chapurinalarning arizasida.

Murojaat mualliflari ta’kidlashicha, fin bosqinchilari "tinch aholiga nisbatan o‘zlarining yangicha tartib o‘rnatdilar, uni etnik jihatdan ajratib, zo‘ravonlik va qirg‘in ostiga oldilar" va bu "genotsidning barcha belgilarini o‘z ichiga olgan".

Sobiq mahbuslar okkupatsion rejimi rahbariyati Kareliya aholisiga qarshi jinoyatlar uchun hech qanday javobgarlikka tortilmaganini ta’kidladilar. Shu bilan birga, ular tinch aholiga qarshi jinoyat qilgan fin askarlari va ularning qo‘mondonlarining ismlari va martabalarini "tilga olish qiyin" ekanligini qo‘shimcha qilishdi.

Hammasi bo‘lib, 1941-1944 yillarda finlar nazoratida bo‘lgan Karelo-Fin SSR hududida "boshqa millatlarga mansub" tinch aholi uchun bir necha o‘nlab lagerlar tashkil etildi. 1942-yil aprel oyining boshiga ularda taxminan 24 ming kishi joylashtirilgan bo‘lib - bu ishg‘ol qilingan hududdagi aholining qariyb 30 foizi bo‘lgan. Oshkor qilingan arxiv ma’lumotlariga ko‘ra, bu yerlarda asosan slavanlar saqlangan, 90 foizdan ziyodi - ruslar, belaruslar, ukrainlar.

Tarixchilarga fikriga ko‘ra, lagerlar faoliyati yillari davomida ular orqali 50 mingga yaqin kishi o‘tgan, fin fashistlari 1941-yildan 1944-yilgacha hammasi bo‘lib 14 ta konslager qurgan, ulardan oltitasi Petrozavodskda.