COVID tufayli Markaziy Osiyoga pul o‘tkazmalari keskin kamayadi - Jahon banki

COVID-19 tufayli xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori dunyo bo‘yicha o‘rtacha 20%ga yoki 445 milliard dollargacha kamayishi kutilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 23 apr - Sputnik. Jahon banki ekspertlari prognoziga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi va karantin tufayli 2020-yilda umumjahon pul o‘tkazmalari miqdori keskin kamayishi kutilmoqda.

Moskvada migrantlar vaqtincha patent to‘lovini to‘lamasdan ishlashi mumkin

Ushbu kamayish birinchi navbatda mehnat migrantlari daromadlari kamayishi va ularning ish o‘rinlarini yo‘qotishlari bilan bog‘liq, chunki qabul qiliuvchi mamlakatlarda ish beruvchilar birinchi navbatda mehnat migrantlaridan iborat xodimlarni qisqartiradi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra o‘rtacha daromad kam bo‘lgan mamlakatlarga xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori 19,7% kamayib 445 mlrd. Dollarni tashkil qiladi. Buning oqibatida eng kam daromadli uy xo‘jaliklari muhim daromad manbailaridan mahrum bo‘lishlari mumkin.

Pul o‘tkazmalari – rivojlanayotgan mamlakatlar uchun juda muhim daromad manbaidir. COVID-19 tufayli sodir bo‘layotgan bugungi iqtisodiy retsessiya migrantlarning uylariga pul o‘tkazish imkoniyatini cheklaydi va va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining tiklanishini kechiktiradi, - dedi Jahon banki guruhi prezidenti Devid Malpass.

Jahon banki prognoziga ko‘ra, pul o‘tkazmalari kamayishi birinchi navbatda Yevropa va Markaziy Osiyo hududida kutildmoqda - 27%, undan so‘ng Afrikada  janubida - 23%, Janubiy Osiyoda - 22%, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Lotin Amerikasida - 19% va Tinch okeani hududida - 13%.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin rossiyalik ekspert Aprel oyida mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari 50%gacha kamayib ketishi mumkinligini xabar qilgan edi. Mutaxassis fikriga ko‘ra, migrantlar krizis sharoitida o‘z hayotini ta’minlashlari kerakligi bilan izohlagan edi.

Ekspert xulosasiga ko‘ra, pul o‘tkazmalarning kamayishi Sarkaziy Osiyo respublikalarida ichki talab va import hajmining kamayishiga olib kelishi mumkin.