AQSh Xitoyda “ho‘l bozorlar”ni yopishga chaqirdi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoy va boshqa davlatlarda yovvoyi hayvonlar sotiladigan bozorlarni yopishga chaqirdi.
Sputnik

TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Xalqaro Yer kunida AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoy va boshqa davlatlarni yovvoyi hayvonlar noqonuniy savdosiga qarshi kurash, odamlar sog‘lig‘iga tahdidlarni kamaytish maqsadida "ho‘l bozorlar"ni yopishga chaqirdi.

Xitoyda yana ko‘rshapalaklarni iste’mol qilish boshlandi

“Yer kunida, biz Xitoy Xalq Respublikasini va boshqa davlatlarni yovvoyi hayvonlar sotiladigan “ho‘l bozorlar”ni batamom yopishga chaqiramiz, bu esa Xitoyda ham, undan tashqarida ham odamlarning sog‘lig‘iga tahdidni kamaytiradi va yovvoyi tabiat mahsulotlarini iste’mol qilishni taqiqlaydi,” – deyilgan Pompeo bayonotida.

AQSh davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, bunday oziq-ovqat bozorlari yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosining asosiy o‘chog‘i hisoblanadi va kasalliklarning paydo bo‘lishi va tarqalishi uchun xavf tug‘diradi, ular "COVID-19 pandemiyasi tarqalishida hal qiluvchi rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin".

"Biz barcha hukumatlarni birgalikda kurashishga va yovvoyi tabiat savdosi kabi muammoga chek qo‘yishga chaqiramiz", - deb qo‘shimcha qildi Pompeo.