Toshkentdagi avliyo Georgiy butxonasi - foto

Sputnik

Binoni qayta ta’mirlash ishlari 2019-yil kuzida boshlanib, shu yilning pravoslav “Pasxa” bayramiga nihoyalandi.

Qadimiy bino askarlar qabri ustida rus arxitekturasi uslubida qurilgan edi. 1865-yilda bu joyda Toshkentni shturm qilishda halok bo‘lgan askarlar dafn etilgan.

Butxona o‘zi esa 20-yildan so‘ng – 1886-yilda barpo etilgan.

Diniy inshoot iloxiylashtirilganda unga avliyo Georgiy Pobedonoses nomi berilgan.

Bu yerga tashrif buyuruvchilar bino kimning sharafiga qurilganligini bilishi uchun, uning orqa devoriga "Toshkent shahrining shturm qilishda halok bo‘lgan, yotgan askarlarning xotirasiga ..." degan so‘zlar yozilgan.

Maqbara muhandis Ulyanovning avvalgi loyihasiga binoan qayti tiklandi. Butxona devorlari Buxorodan maxsus olib kelingan ohaktosh bilan bezatilgan, xoch esa jezdan yasalgan. Fasadlarning birida avliyo Georgiy suratining terma naqshi terilgan.

1 / 16
Maqbara loyihasining muallifi mashhur muhandis Ulyanov bo‘lgan.
2 / 16
Qayta tiklash loyihasi " Meros Chashmasi" tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan, keyinchalik Madaniyat vazirligi tomonidan tekshirilib, tasdiqlangan.
3 / 16
Butxona “Kamolon” mahallasidagi Toshkentni bosib olishda o‘lgan rus bosqinchi askarlariga xotirasiga qurilgan.
4 / 16
Madaniyat vazirligi "Chasovnya"binosini madaniy meros yodgorligi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi va qayta tiklash loyihasini ilmiy-uslubiy kengash bilan kelishib olish haqida topshiriq berdi
5 / 16
1865 yilda bu joyda Toshkentni shturm qilishda halok bo‘lgan askarlar dafn etilgan.
6 / 16
Butxona 1886-yilda barpo etilgan.
7 / 16
Butxona 1886-yilda 24 nafar rus askarlar qabri ustida barpo etilgan.
8 / 16
Butxona ustida xoch o‘rnatildi.
9 / 16
Butxona fasadining birida avliyo Georgiy suratining terma naqshi terilgan.
10 / 16
Butxona devorlari Buxorodan maxsus olib kelingan ohaktosh bilan bezatilgan
11 / 16
Chasovnya 155-yil oldin qurilgan.
12 / 16
Butxona Toshkent shaharning "Kamolon" mahallasi Oftob ko‘chasida joylashgan.
13 / 16
Toshkent yeparxiyasining avliyo Georgiy Pobedonoses butxonasi restavratsiya ishlari o‘z yakuniga yetdi
14 / 16
Binoni qayta ta’mirlash ishlari 2019-yil kuzida boshlangan.
15 / 16
Avliyo Georgiy Pobedonoses butxonasi yangilangan ko‘rinishi.
16 / 16
Avliyo Georgiy Pobedonoses butxonasi yangilangan ko‘rinishi.