TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 2019-2020 o‘quv yili onlayn tarzda yakunlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi xabar qildi.
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra:
- xalq ta’limi tizimidagi tashkilot va muassasalarida 2019/2020 o‘quv yili “online-maktab” loyihasi doirasida tashkil etilgan masofaviy televizion videodarslar orqali yakunlanadi;
- o‘qituvchilar va masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan xalq ta’limi tizimidagi (ta’lim muassasalari, tashkilotlari, hududiy bo‘linmalar) xodimlar o‘z ish faoliyatlarini masofaviy tarzda (ish haqi to‘langan holda) davom ettiradilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq hozirda 5-11-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlarini o‘tkazish yo‘llari yoki bekor qilish masalasi muhokama qilinayotgani xabar qilingan edi.