TOShKENT, 21 apr — Sputnik.Qozog‘iston sigir, qo‘y va echkilarni mamlakatdan olib chiqishga cheklov o‘rnatdi.
15 aprelda "Qishloq xo‘jalik hayvonlarini eksport qilishning ayrim masalalari to‘g‘risida" qo‘shma buyrug‘i qishloq xo‘jaligi vaziri Saparxon Omarov va moliya vaziri Alixon Smailov tomonidan imzolandi.
“Olti oy muddatga qoramollar, shuningdek qo‘y va echkilarni Qozog‘iston Respublikasi hududidan olib chiqish bo‘yicha cheklov joriy etilsin”, - deyilgan hujjatda.
Buyruq imzonlangandan 10 kundan keyin 25-aprel kuni kuchga kiradi.
Cheklov va go‘sht narxi
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan safar Qozog‘istondan qoramol eksporti cheklovi 10 fevraldan 22-aprelgacha kuchda bo‘lgan.
O‘shanda sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Asiljan Mamitbekov boshchiligidagi “Qozog‘iston go‘sht uyushmasi” bunga qarshi chiqqandi. Ular taqiq go‘sht narxining keskin ko‘tarilishi bilan bog‘liq degan fikrni bildirishdi. Biroq, go‘sht narxi pasaygani yo‘q.