DXA karantinda nikohdan o‘tishga qanday ariza berish mumkinligini ma’lum qildi

O‘zbekistonda so‘nggi paytlarda karantin davrida nikohni qanday qilib qayd etish mumkin, degan savollar ko‘paygan.
Sputnik

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Davlat xizmatlar agentligi karantin davrida nikohni qanday qilib qayd etish mumkin degan savol javob berdi.

Toshkentdagi to‘y videosi qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi – IIBB tafsilotlarni o‘rgandi

“Demak, “ZAGSdan o‘tish uchun” arizalarni masofadan turib yuborish imkoni mavjud. Buning uchun quyidagi havoladan foydalanishingiz mumkin. E’tibor bering, ushbu xizmatdan onlayn tarzda foydalanish uchun ikkala tomon ham elektron raqamli imzo olishi shart”, - deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, kelin yoki kuyov yuqorida aytib o‘tilgan havoladan o‘tib, ariza to‘ldirishi kerak. Xizmat uchun to‘lov mavjud emas

Ariza to‘ldirilganidan so‘ng ikkala tomon ham arizasini o‘z elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlashi shart. So‘ng ariza belgilangan hududiy FHDYo bo‘limiga kelib tushadi. Ariza 1 ish kunida qabul qilinadi.

Karantin tadbirlari nihoyasiga yetganidan so‘ng, nikohlanuvchilar chaqiriladi va tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanma topshiriladi.