Ulug‘ Vatan urushi nafaqat urushning o‘zining tarixi, balki Qizil Armiya uchun uskunalar, o‘q-dorilar va jihozlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan ko‘plab fabrikalar va zavodlarning ham tarixidir. Biz bu tarixga noodatiy nuqtayi nazardan qaraymiz: Chirchiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodi rahbariyati nazaridan.
Rossiya Davlat Iqtisodiyot Arxivida (RGAE), SSSR Minomot qurollari Xalq komissarligi qishloq xo‘jaligi mashinalari ishlab chiqarish Bosh boshqarmasining fondida ushbu korxonaning urush yillaridagi ishlab chiqarishi to‘g‘risidagi hisobotlari saqlanib qolgan. Bugungi kunda bu "O‘zagrotexmash" AJ tarkibiga kiruvchi "Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi"dir.
Sanoat gigantining tug‘ilishi
Korxona 1942-yil 27-iyulda Stalin nomidagi Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodining 2-filiali negizida tashkil etilgan. O‘zbekiston SSR poytaxtining o‘zdagi birinchi sexlar 1941-yilda, Rostov-Donu shahridan Rostselmashning bir qismi evakuatsiya qilinganida paydo bo‘ldi. 1942-yil iyun oyida shoshilinch qurilish va uskunalarni o‘rnatilganidan so‘ng, yangi ishlab chiqarish maydoni SSSR minomot qurollari Xalq komissarligiga topshirildi.
Evakuatsiya qilingan korxonalarning uskuna va mexanizmlari ko‘pincha to‘g‘ri kelgan joyga joylashtirildi: Rostselmash asbob-uskunalarning bir qismi Chirchiqning chekkasida joylashgan bo‘lib, u yerda temir yo‘li bor maydon topildi. Shunday qilib, alohida sanoat obyektiga aylantirilgan Stalin nomidagi zavodning filiali paydo bo‘ldi. Minomot komissarligiga bo‘ysinishiga qaramay, bu zavod minomot va o‘q-dorilarni ishlab chiqarmadi. Uning ihtisosligi aviabombalar bo‘lgan. 1942-yil uchun ishlab chiqarish rejasi 60 ming FAB-100 (100 kg kalibrli fugas aviabomba) va 150 ming AO-25 (25 kg kalibrli parchalanadigan bomba) bo‘lgan.
Gap aviabomba va portillatuvchilar uchun korpuslar ishlab chiqarish haqida ketgan. Urush yillarida ko‘plab korxonalar ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga rejalashtirilgan edi. Keyinchalik bu qismlar qurollarni jamlash zavodlariga yetkazilgan, u yerda portlovchi moddalar bilan to‘ldirilib va usha yerning o‘zidan qo‘shinlarga yuborilgan. Ish juda mas’uliyatli edi: mahsulotlarni harbiy qabul qilish talablariga qat’iy muvofiq ravishda topshirish kerak edi.
Majburiy tadbirkorlik
1942 yilda korxona hali to‘liq shakllanmagan edi. Uning Chirchiq GES podstansiyasidan bitta to‘laqonli elektr uzatish liniyasi va loyihasiz o‘rnatilgan sexlar uchun vaqtincha elektr ta’minoti tizimi mavjud edi. Bug‘ qozonxonasi bo‘lmagan. Mavjud siqilgan havo uchun kompressorlar ehtiyojning faqat yarmiga yetarli edi. Zavod transporti to‘rtta mashina, uchta traktor, o‘ta eskirgan bug‘li lokomotiv, shuningdek, to‘rtta ot va 20 eshakdan iborat bo‘lgan. Hech qanday ombor ham bo‘lmagan va kelayotgan materiallar ochiq maydonda saqlanar edi.
Biroq, zavod direktori o‘rtoq Galilov Moskva uchun hisobot tayyorlashda bu barcha qiyinchiliklarni asosiy deb hisoblamadi. Birinchi ishlab chiqarish rejasining bajarilmasligining asosiy sababi elektr va materiallar yetishmasligi edi. Bir sutkada kerakli 12,5 MVt*soat o‘rniga elektr energiya 1,6 dan 4,8 MVt*soatgacha berilgan (Toshkentda o‘rnatilgan qat’iy cheklovga asosan). Ba’zi kunlarda korxona umuman to‘xtab qolar edi. Odamlar bu vaqtda yordamchi va qurilish ishlariga o‘tishdi.
Eng asosiy xom ashyo - metal yetishmayotgan edi. Cho‘yanning 9,792 tonna quyish zaruriyati mavjudligida (FAB-100ning jangovar qismi pulat cho‘yan quymasidan qilingan), Chirchiq atigi 1167 tonnani qabul qilgan. 2662 tonna listli metaldan, korxonagacha yarmidan ham ozi - 1174 tonna yetib keldi, 23,4 tonna quvurlardan esa atigi 2,7 tonna.
Bundan ham battarrog‘i rangli metallar ta’minoti bo‘lgan, ulardan bomba portillatuvchisining korpusi ishlab chiqarilgan. Kerakli 2,9 tonna misdan 196 kg, 27,3 tonna alyuminiydan 1,8 tonna, 8,3 tonna qo‘rg‘oshindan 1,8 tonna yetkazib berildi.
Ammo bunday sharoitda ham rahbariyat harakat qilib rejani hech bo‘lmaganda yarmini bajarishga muvaffaq bo‘ldi. Dasturdan tashqari Chirchiqda frontga yana 350 ta FAB-250 bombasi, 60 mingta AO-3-8 va 400 ta AO-25M13 bombalarini tayyorladi.
FAB-250 - kalibri 250 kg bo‘lgan fugasli aviabomba. AO-3-8, o‘ylashimizcha, har xil chiqindilar, qiyqim va qoldiqlardan yasalgan, 2,5 va 5 kg kalibrli aviabomba partiyasidir. AO-25M13 aviabombasi - gibrid snarad, u 132 mmli reaktiv snarad bosh qismidan iborat bo‘lib, unga stabilizatorlar va aviatsion portlatuvchilar qo‘shilgan.
Tayyor mahsulot ishlab chiqarishning ilojisi bo‘lmaganda, zavod boshqa korxonalar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga o‘tishga majbur bo‘ldi.
Ayollar va bolalar ishlagan
Galilovning hisobotida dastgohda kimlar ishlaganini yaqqol ko‘rsatib beradi: 1874 kishining 53,5 foizini ayollar va 27 foizini 18 yoshgacha bo‘lgan o‘spirinlar tashkil etgan. Barcha xodimlarning atigi beshdan bir qismi voyaga yetgan erkaklar edi - bu urush davridagi korxonalar uchun odatiy tasvir. Erkaklarning aksariyati frontga ketishgan, front orti va ishlab chiqarishda esa faqat "bron" olgan ahamiyatli mutaxassislar, harbiy xizmatga yaroqsizlar va keksa yoshdagilar qolgan.
Ayollarni og‘ir va zararli ishlarga jalb qilayotib, zavod rahbariyati iloji boricha ularning oilalari haqida g‘arxo‘rlik qilgan: homilador ayollarga qisqa muddatli tug‘ruq ta’tillari berilgan; bolalar uchun eng boshida, oshxona va hammomdan ham oldin yasli-bog‘cha ochildi va ularga korxonaning kassasidan doimiy ravishda mablag‘ ajratib turilgan. Hisobotlarda qancha ishchilar evakuatsiya qilinganligi ko‘rsatilmagan, ammo, ko‘rinishidan, aralash jamoa shakllangan. Ishlab chiqarishga mahalliy aholi orasidan ham shogirdlar jalb qilindi - 1942-yilda 52 kishi.
Dastlab uy-joy sharoitlari o‘ta og‘ir bo‘lgan: kichik va gavjum bo‘lgan yagona yotoqxona zavoddan besh kilometr narida joylashgan bo‘lgan. Joy yetmay qolganlar korxonadan 3 km radius atrofida yashaydigan aholi bilan birga yashashgan.
Shunga qaramay, intizom bilan bog‘liq muammolar bo‘lmagan - hisobotlarga qaraganda, ishni qoldirishlik atigi 0,8%ni tashkil etdi. Urush paytida, bu kabi harakatlar uchun jinoiy moddaga qadar jazo qattiq bo‘lardi. Va zavod ishchilari o‘zlari ham, ehtimol, o‘zlarinikilarni hijolatga qo‘yishni xohlamaganlar, ahir shundoq ham ishchi kuchi yetishmas edi.
1942 yilda korhona 4-chorak uchun ish haqqini 2.4 million rubl miqdorida to‘lab berdi - bir ishchi uchun oyiga o‘rtacha 430 rubldan.
Front protsenti
Urush o‘z yo‘liga, ishlab chiqarish sanoati iqtisodiyoti esa barcha zarur hisob-kitoblarni, smeta va moliyaviy hisobotlarni talab qildi. Chirchiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodi o‘z muvaffaqiyatlari va xarajatlari to‘g‘risida u bo‘ysungan Minomot qurollari Xalq komissarligi Bosh boshqarmasiga, shuningdek SSSR Davlat bankiga hisobot berdi.
Barcha xarajatlar, qo‘yilmalar, daromadlar va foydalarning barchasi aks ettirilgan arxiv hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, bitta FAB-100 samolyotining rejalashtirilgan tannarxi 208 rublni tashkil etgan va fabrika uni 217 rubl 67 tiyindan sotgan. AO-25 ning tannarxi 143 rubl 48 tiyin, sotish narxi 151 rubl. Shu bilan birga, hatto urush yillarida ham korxona 1% miqdoridagi aylanma soliqni to‘lagan. Bu o‘sha paytda uncha ma’lum bo‘lgaman, ammo juda ko‘p narsani anglatadigan xususiyat. Barcha vayronagarchiliklar, betartibliklar va qiyinchiliklarga qaramay moliyaviy intizom qat’iy bo‘lib qoldi.
Tinch hayotga o‘tish
1943-44 yillarda zavod 1942-yil oxiridagidan butunlay farq qilar edi. U elektr energiyasi, suv, gaz va materiallarni kerakli miqdorda olardi.
1943 yil davomida Chirchiqda 58 375 FAB-100 aviabombasi, keyingi yilda esa – 83875ta va qo‘shimcha 5200 FAB-250 aviabombasi ishlab chiqarildi.
1944 yilda korhona yangi muhim buyurtmani oldi - bu safar tinchlik davriga hos: mamlakat qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun ehtiyot qismlarga muhtoj edi. Mashinasozlik sanoatiga traktorlar va kombaynlar uchun har xil turdagi shtiftlar zarur edi.
Shtiftlar ChTZ traktori uchun eng muhim qism bo‘lib, u traktorning o‘rmalovchi zanjirlarini mahkamlaydi. Ular tezda eskiradi va ularsiz traktorni “kiyintirishni” ilojisi bo‘lmaydi, bu esa na dalani haydash, na ekin ekish mumkin emasligini anglatardi. O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Kengashining topshirig‘iga asosan zavod 6250 dona M-1022 shtiftlari, 180,5 ming dona M-1023 shtiftlari, 5 mingdan ortiq M-1037 shtiftlari, shuningdek, ChTZ traktorining 855 juft boshlovchi g‘ildiraklari va 1594 dona o‘rmalama zanjir qismlari yuborildi. Ushbu ehtiyot qismlarning barchasi O‘zbekiston mashina traktor tizimidagi mashinalarni qayta tiklash uchun ishlatildi.
Chirchiqda o‘rmalovchi zanjirlar shtiftlaridan tashqari otliq xaskash uchun tirnoqlar, omochlar va shuningdek 329 ta paxta ekuvchi uskunalar tayyorlandi. Ikki yil ichida korhona mashinasozlik sanoatining yetakchilaridan biriga aylandi.
Ammo bombalarga qaytaylik. 1943-44 yillarda zavod ja’mi 142250 dona FAB-100 ni frontga jo‘natdi. Masalan, Il-2 hujumchi-samolyotining jangovar yuki 8 FAB-100dan iborat bo‘lgan, har bir aviapolkda esa 61 ta samolyot bo‘lgan. Bir jangovar navbatchilik uchun aviapolk 488 ta aviabombani sarflagan, bu esa Chirchikda chiqarilgan barcha mahsulotlar olti oy davomida kuniga ikki mahal ko‘lamli bombardimonlarni amalga oshirishga yetarli bo‘lishini anglatadi.
Front orti mehnatkashlari, ishlab chiqarish faxriylari va ularning avlodlari g‘ururlanishlari mumkin bo‘lgan jihatlari juda ko‘p. Urush yillarida Chirchiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodi birinchi navbatda dushmanni yengishga, keyin esa ulkan yarador mamlakatni tiklash va boqishga yordam berdi.