TOShKENT, 20 apr - Sputnik. Strategik tashabbuslar agentligi Rossiyada migrantlarga ham vaqtincha ishsizlik nafaqasi to‘lashni taklif qildi, deb xabar qilmoqda RT.
"Tashkilotlar xodimlarini qo‘llab-quvvatlash vaqtida rasman ishga joylashgan mehnat migrantlari ham ishsizlik nafaqasi olishi uchun Rossiya fuqarolariga tenglashtirilsin", - deyilgan Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin nomiga yo‘llangan murojaatnomada.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, shunga o‘xshash chora Portugaliyada qabul qilingan bo‘lib, u yerda 580 ming migrantlar ushbu davlat fuqarolariga tenglashtirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 18-aprel kuni Rossiyada mehnat migrantlari uchun juda muhim qaror qabul qilingan edi. Xususan 15-martdan 15-iyunga qadar (3 oyga) barcha patent va registratsiya muddatlari to‘xtatib qo‘yilgan edi. Ya’ni mehnat migrantlari ushbu hujjatlarni uzaytirish uchun to‘lovlar amalga oshirishlari yoki huquqni saqlash organlariga murojaat qilishlari talab etilmaydi.