Qirg‘izistonga xitoylik shifokorlar guruhi yetib keldi

Mutaxassislarni mamlakatga yuborish to‘g‘risida kelishuvga Qirg‘iziston prezidenti va XXR raisi o‘rtasidagi bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida erishilgan.
Sputnik

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Qirg‘izistonga 10 kishilik xitoylik shifokorlar guruhi yetib keldi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Xitoy shifokorlari O‘zbekistonga yo‘l oldi

Bugun samolyot “Manas” aeroportiga qo‘ndi. Bundan avval mamlakatga polshalik mutaxassislar keldi.

Xitoylik shifokorlar mahalliy mutaxassislarga yordam ko‘rsatib, koronavirusga qarshi kurashda o‘z tajribalari, shuningdek, bemorlarni davolash usullari bilan bo‘lishadilar.

Mutaxassislarni mamlakatga yuborish to‘g‘risida kelishuvga Qirg‘iziston prezidenti va XXR raisi o‘rtasidagi 14-aprelda o‘tkazilgan muloqot  chog‘ida erishilgan.

Qirg‘izistonda koronavirusga chalingan soni 568 tani tashkil qiladi. 201 kishi sog‘aydi,  7 kishi vafot etdi.

Eslatib o‘tamiz, 17-aprel kuni O‘zbekistonga 15 kishilik xitoylik shifokorlar guruhi yetib keldi.

Xitoy hukumati nomidan zarur tibbiy buyumlar va dori-darmonlar vositalaridan iborat gumanitar yordam ham olib kelindi.