“O‘pka qirsillaydi”: bemorlar COVID-19 birinchi alomatlari haqida

Yangi koronavirus COVID-19ga chalingan rossiyalik bemorlar kasallikning alomatlari haqida so‘zlab berishdi.
Sputnik

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. COVID-19 bilan kasallangan rossiyalik bemorlar kasallik alomatlari haqida so‘zlab berishdi.

Mirziyoyev kasallik alomatlarini sezgan fuqarolarga shifokorga murojaat etishni maslahat berdi

34 yoshli Yevgeniyaning so‘zlariga ko‘ra, u 30-mart kuni ikki tomonlama multisegmentar pnevmoniya va koronavirusga gumon bilan shifoxonaga olib kelindi. Kasallik og‘ir kechdi.

“Nafas olish qiyin bo‘ldi, yo‘tal xuddi o‘pka tushib ketadiganday. Quruq yo‘tal boshlandi, nasaf olishda og‘riq paydo bo‘ldi. Ko‘krak qafasida go‘yoki qumga to‘lgan. Bir necha kundan keyin harorat ko‘tarildi va pasaymadi. Tomoqda og‘riq ham, burun oqishi ham yo‘q edi. Ammo tanada kuchli zaiflik va zirqirash - kasallik oshqozon-ichak trakti buzilishi bilan birga keldi”- deydi ayol.

Ayol sakkiz kundan keyin sog‘lig‘i nisbatan yaxshilandi: harorat tushdi. Bu holda zaiflik, nafas qisilishi, ko‘ngil aynish va ko‘krak og‘rig‘i yo‘qolmadi. Ta’mni sezish keskin o‘zgargan, dastlab hamma narsa achchiq yoki achigan bo‘lib ko‘rinardi.

36 yoshli Anna uning birinchi alomatlari 38 daraja harorat bo‘ldi. O‘n kun ichida ayol hid sezishni butunlay yo‘qotdi, ammo yo‘tal va nafas olish bilan bog‘liq muammolar bo‘lmadi.

50 yashar Viktoriya oilasida uch kishi koronavirusga chalindi: u, o‘g‘li (25 yosh) va qizi (18 yosh).

“Allomatlar: harorat keskin ko‘tarilishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, hid sezish yo‘qolishi, burun bitishi. Hammada bu har xil darajada kechdi”, - deydi bemor.

Shifokorlar koronavirusning yangi alomatlarini aniqlashdi

Ayolda 13 kun davomida yuqori harorat bo‘ldi. Umumiy intoksikatsiya, burun bitishi, tomoq qizarishi. Beshinchi kuni yo‘tal boshlandi.

27 yoshli Mariyaning kasallikning birinchi alomatlari yuqori harorat bo‘ldi. Tez orada tomoq og‘rishni, kechasi qattiq yo‘tal  boshlandi, ta’m va hid sezish yo‘qoldi. U Kommunarkadagi shifoxonaga olib kelindi.

“Harorat 38,4 gacha ko‘tarildi, uzoq vaqt 37 darajada bo‘ldi. Yo‘tal quruq emas, ho‘l edi. Alomatlar hammada juda individual” – dedi bemor.