Mishustin insonparvarlik yordami uchun O‘zbekiston bosh vaziriga minnatdorlik bildirdi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirusga qarshi kurashish uchun Rossiya Federatsiyasiga himoya niqoblari va boshqa zarur materiallar yetkazib berilgani uchun O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovga minnatdorlik bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirusga qarshi kurashish uchun Rossiya Federatsiyasiga himoya niqoblari va boshqa zarur materiallar yetkazib berilgani uchun O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati xabar qildi.

Birdamlik ramzi: O‘zbekiston Rossiyaga 5 million dona tibbiy niqob yubordi

“Mishustin insonparvarlik yordami Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarining sherikchilik xarakterini yana bir bor tasdiqlaganini ta’kidlab, O‘zbekiston hukumatiga yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda zarur bo‘lgan himoya niqoblari va boshqa materiallar taqdim etilgani uchun minnatdorlik bildirdi”, - deyilgan xabarda.

Aripov o‘z navbatida Rossiyadan O‘zbekistonga tezkorlik bilan koronavirusni aniqlash test- tizimlari yuborgani, shuningdek, rossiyalik epidemiologlarning videoaloqa orqali muntazam maslahatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Ta’kidlanishicha, hukumat rahbarlari Rossiya-O‘zbekiston savdo-iqtisodiy hamkorligi va O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasiga bog‘liq masalalariga ham to‘xtalib o‘tdilar.

Shanba kuni O‘zbekistondan samolyot tibbiy niqob va dokalarni Rossiyaga yetkazdi.