Koronavirusning birinchi muhim mutatsiyasi aniqlandi

Tayvanlik va avstraliyalik olimlar yangi SARS-CoV-2 koronavirusining birinchi muhim mutatsiyasini aniqlagani haqida xabar berdi,
Sputnik

TOShKENT, 20 apr - Sputnik. Tayvanlik va avstraliyalik olimlar yangi SARS-CoV-2 koronavirusining birinchi muhim mutatsiyasini aniqlanganligi haqida xabar berdi, tadqiqotlarning dastlabki natijalarni bioRxiv preprintlar saytida chop etildi.

Fransiyalik olimlar "Tojdor virus" qanday haroratda nobud bo‘lishini aniqladi

Mutaxassislar dunyo bo‘ylab yuqumli kasalliklar haqida genom ma’lumotlarini to‘playdigan ma’lumotlar bazasidan COVID-19 qo‘zg‘atuvchisining 106 namunasining genetik tuzilishini o‘rganishdi. Ma’lumotlar AQShdan 54 ta, Xitoydan 35 ta, Ispaniyadan 3 ta, Braziliyadan 2ta va Avstraliya, Finlyandiya, Hindiston, Italiya, Nepal, Janubiy Koreya va Shvetsiyadan bittadan yozuvlarni qamragan.

Mutatsiya 27-yanvar kuni Hindistondagi bemordan olingan namunada aniqlangan. Mutatsiya patogenning ACE2 deb nomlangan inson hujayralarida retseptorlarga bog‘lanish qobiliyatini kamaytirdi, ya’ni odamlar uchun xavfi pasaydi.

Shuningdek, olimlar 2002-2003 yillarda SARS deb nomlanuvchi og‘ir o‘tkir respirator sindromning avj olishiga sabab bo‘lgan SARS koronavirus genomining 39 ketma-ketligi bilan yangi koronavirus haqidagi ma’lumotni taqqoslashdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, SARS-CoV-2 virusi genomlari SARS virusiga qaraganda ancha barqaror va mutatsiyalarga kamroq sezgir. Bundan tashqari, O‘RVIni keltirib chiqaradigan viruslarga qaraganda ancha barqaror.

Mualliflarning so‘zlariga ko‘ra, bu COVID-19 vaksinasi samarali bo‘lishiga umid beradi, garchi agar yangi koronavirusning mutatsiyalanishi davom etsa, bu vaksina bo‘yicha ishlarni sezilarli darajada murakkablashtirishi mumkin.

"Nisbatan barqaror SARS-CoV-2 genomi epidemiyaga qarshi kurashish uchun yaxshi ko‘rsatkichdir, chunki oz sonli mutatsiyalar vaksinalar va viruslarga qarshi dorilarning jadal rivojlanishiga umid beradi", - deb yozadi olimlar.

Qaysi davlatlarda “tojdor dushman” yo‘q – to‘liq ro‘yxat

Aniqlanishicha, aniqlangan mutatsiyaning havfi kamroqdir va virusning oqsil boshog‘ini kodlaydigan va uni sog‘lom hujayralarga biriktirishga imkon beradigan genlar bir xil bo‘lib qoldi. Va aynan, shu oqsillar ko‘plab ishlab chiqilayotgan vaksinalar uchun potensial nishondir.

Koronavirus SARS- CoV-2 RNK viruslari deb ataladigan guruhga kiradi, ular tarqalish davridagi yuqori mutatsion ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi. Bu, olimlarning fikriga ko‘ra, vaksinani ishlab chiqishda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Misol sifatida ular deyarli har yili yangi mutatsiya ko‘rinishida paydo bo‘ladigan mavsumiy grippni keltiradilar, bunga qarshi o‘tgan yili qilingan emlashlar ishlamaydi.

"Virus dunyo bo‘ylab tez tarqalib tobora ko‘proq genom ma’lumotlari to‘planib borar ekan, SARS-CoV-2 evolyutsiyasi va mutatsiyasini diqqat bilan kuzatib borish kerak, - deydi mualliflar. - Biz SARS-CoV-2 mutatsion chastotasi nisbatan past ekanligini tasdiqladik, biroq shuningdek, yangi mutatsiya boshqa immun xususiyatlari va virulentligi bilan paydo bo‘lganligini isbotladik".

Ammo hozircha natijalar juda umid beradi, deya tinchlantiradi olimlar. Yangi koronavirusning genomi juda barqaror ko‘rinadi, shu vaqtgacha topilgan yagona muhim mutatsiya asl virusga qaraganda xavfi kamroqdir va virus hujayraga yopishgan s-oqsili boshog‘i unda o‘zgarishsiz qoldi.