Qozog‘iston O‘zbekiston bilan mehnat migrantlari himoyasi to‘g‘risidagi bitimni ma’qulladi

Imzolangan bitim mehnat migrantlarining huquqini himoya qiladi. Xususan, ular kafolatlangan bepul tibbiy yordamni olishlari mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev O‘zbekiston bilan mehnat faoliyati va mehnat migrantlari huquqlari to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlovchi qonunga imzo chekdi. Bu haqda mamlakat prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolarining bo‘lish muddati uzaytirilishi mumkin

Hujjat bilan migratsiya oqimini tartibga solish va har ikki respublika hududida noqonuniy mehnat faoliyatining oldini olish belgilangan.

Ushbu bitim nimani nazarda tutadi?

Imzolangan bitim mehnat migrantlarining huquqini himoya qiladi. Xususan, ular kafolatlangan bepul tibbiy yordamni olishlari mumkin.

Shuningdek, mehnat migrantlari ularning mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan holda jarohat olsa, kasallansa zararni qoplashni so‘rab murojaat qilishga huquqnini beradi.

Hujjat bilan ta’limga oid hujjatni tan olish jarayoni belgilanadi, agar mehnat migranti vatanida olgan diplom bilan pedagogika, tibbiyot yoki farmatsevtika sohasida faoliyat yuritmoqchi bo‘lsa.

Bitim pensiya va ijtimoiy ta’minotni ham nazarda tutadi.