Sirdaryoda “mehmonnavoz” ayol jarimaga tortildi

28 yoshli ayol karantin bo‘lishiga qaramasdan uyiga mehmon chaqirgan. So‘ngra mast holda baqir-chaqir qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Sirdaryoda karantin qoidalarini buzgan va IIB xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan fuqaro jarimaga tortildi.

Toshkentda yana bir instagram “yulduzi” yetti sutkaga qamaldi

IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 17-aprel kuni Yangiyer shahar, “Ma’rifat” mahallasida yashovchi 28 yoshli ayol M.K. karantin qoidalarini buzib, yashash xonadoniga mehmon chaqirgan. So‘ngra spirtli ichimlik iste’mol qilib, qo‘shnilar tinchligini buzgan. Uning tinchlanishini so‘ragan IIB xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.

Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54, 183 va 194-moddalarida ko‘zda tutilgan qoidabuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topgan. Unga 1 115 000 so‘m miqdorida jarima jazosini tayinlagan.

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 79 851 ta holat aniqlangan. Toshkent shahri (14 506 ta holat), Farg‘ona viloyati (12 510 ta) va Toshkent viloyatida (11 742 ta) eng ko‘p qoidabuzarlik kuzatilgan.