Putin: Rossiyadagi koronavirus vaziyati to‘liq nazorat ostida

Vladimir Putin Rossiyadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat to‘liq nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Rossiyada yangi koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat to‘liq nazorat ostida. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga yo‘llagan Pasxa bayrami tabrigida ma’lum qildi. Tabrik Kreml saytida e’lon qilingan.

Rossiyada koronavirusga qarshi dorilarning klinik sinovlari boshlandi

Putinning so‘zlari ko‘ra, hukumatning barcha organlari hamjihatlik bilan hamda mas’uliyatni his etgan holda ishlamoqda.

“Vaziyat to‘liq nazorat ostida. Barcha jamoatimiz umumiy tahdid oldida birlashmoqda”, - dedi u.

Putin Rossiya yuborilgan sinovdan munosib ravishda o‘tishini ta’kidladi. Buning uchun uning resurs va zaxiralari bor.

Rossiya tezkor shtabining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada koronavirus infeksiyasi aniqlanganlarning umumiy soni 36,7 ming kishini tashkil etadi. Ulardan 3 ming nafari tuzalib ketdi, 313 kishi esa vafot etdi.