Yetkazib berish xizmatini ko‘rsatuvchi haydovchilarga yangi talab qo‘yildi

Endilikda yetkazib berish xizmatini ko‘rsatuvchi haydovchilar maxsus kombenizon, tibbiy qo‘lqop va niqoblarda faoliyat olib borishi lozim.
Sputnik

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining karantin bilan bog‘liq bir qator yangi tartiblarni o‘z ichiga olgan qarori e’lon qilindi.

Muddati tugagan hujjatlar 1-iyulgacha uzaytiriladi

Qaror bilan yetkazib berish xizmatini ko‘rsatuvchi haydovchilarga qator yangi talablar qo‘yilgan.

“Yetkazib berish xizmatini ko‘rsatuvchi litsenziyasiga ega bo‘lgan, yo‘nalishsiz taksilar haydovchilari “maxsus kombenizon” (shaxsiy himoya kiyimi), tibbiy qo‘lqop va niqoblarda faoliyat olib borishi lozim”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan bog‘liq barcha litsenziyalar bo‘yicha ariza qabul qilish va litsenziyalarni ko‘rib chiqish va berish 2020 yil 10-maygacha qadar vaqtincha to‘xtatiladi.