Toshkent davlat stomatologiya institutida koronavirus aniqlandi

Toshkent davlat stomatologiya institutida koronavirus aniqlangani bois institut bugungi kunda karantinga yopilgan.
Sputnik

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Toshkent davlat stomatologiya institutida koronavirus aniqlandi

O‘zbekiston o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qiluvchi 2,3 ming dona apparat sotib oladi

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda ma’lum qilinishicha, Toshkent davlat stomatologiya institutida koronavirus aniqlangani bois institut bugungi kunda karantinga yopilgan.

2020 yil 18-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1450 nafarni tashkil qildi. Shu vaqtgacha 156 kishi kasallikdan sog‘aydi, 4 kishi vafot etdi.