Rossiyadan tashqariga chiqmasdan patentni qayta rasmiylashtirish mumkin

Rossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashi migrantlarga mamlakat hududidan tashqariga chiqmasdan mehnat patentini qayta rasmiylashtirishni ruxsat beruvchi qonunni ma’qulladi.
Sputnik

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashi migrantlarga mamlakat hududidan tashqariga chiqmasdan mehnat patentini qayta rasmiylashtirishni ruxsat beruvchi qonunni ma’qulladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishga doir qonun qabul qilindi

Qonun xorijiy fuqarolarga Rossiyada bo‘lish va ishlash huquqlarini saqlab qolishga, ish beruvchilar esa uzoq muddatda vizasiz mamlakatdan chet el ishchilarini jalb qilishga imkon beradi.

Ta’kidlanishicha, migrantlar patentni uzaytirish uchun zarur arizalarni topshirish muddatini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.

Chet el fuqarolariga Rossiyada vaqtincha bo‘lish muddatini uzaytirishga ham ruxsat beriladi. Buning uchun ular IIVning eng yaqin hududiy bo‘limiga murojaat qilishlari kerak.

Yangi qonun Rossiya Federatsiyasida davlat xavfsizligini ta’minlash, aholi sog‘lig‘ini saqlash va koronavirus tarqalmaslik bo‘yicha hukumat chora-tadbirlari munosabati bilan ishlab chiqilgan.