Birdamlik ramzi: O‘zbekiston Rossiyaga 5 million dona tibbiy niqob yubordi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada virusdan kasallanganlar soni 37 ming nafarga yetgan, 313 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan
Sputnik

TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Moskvaga O‘zbekistondan insonparvarlik yordami yetkazildi, yuk ortilgan samolyot Sheremetyevo aeroportiga kelib qo‘ndi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Do‘st kulfatda bilinadi: O‘zbekiston Xitoyga gumanitar yordam yuboradi

"Sheremetyevo aeroportiga kelib tushgan yuklarda tibbiy niqoblar bor", - deb ta’kidladi hukumat rahbari o‘rinbosari Aleksey Overchuk kotibiyatida.

Rossiyaga yangi turdagi COVID-19 koronavirusiga qarshi kurash maqsadida jami besh million dona tibbiy niqob, shuningdek tibbiy dokalar topshiriladi. Sheremetyevo aeroportida insonparvarlik yordami ortilgan samolyotni O‘zbekiston elchixonasi va RF Iqtisodiy rivojlanish vazirligi vakillari kutib olishgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada virusdan kasallanganlar soni 37 ming nafarga yetgan, 313 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan.