Harbiy ekspert AQSh "gumonlari" haqida: bir marta xatolikka yo‘l qo‘yishgandi

AQSh Rossiyani yadroviy qurol bilan bog‘liq tajribalar o‘tkazganlikda gumonladi. Sputnik radiosi efirida harbiy ekspert, siyosatshunos Ivan Konovalov bunday bayonotlarning taxminiy sabablarini aytib o‘tdi
Sputnik

AQSh Davlat departamentining kongressga taqdim etgan yillik bayonotida Rossiya yadroviy qurol bilan bog‘liq tajribalarni o‘tkazgan bo‘lishi mumkinligi aytib o‘tilgan.

Sovuq urush ostonasida: AQSh DRSMD bilan ta’qiqlangan raketani sinovdan o‘tkazdi

"Qo‘shma Shtatlar Rossiya yadroviy qurol bilan bog‘liq sinovlarni o‘tkazgan, deb hisoblaydi, bu yadroviy energiyaning chiqarilishiga sabab bo‘lgan", - deyiladi hisobot matnida.

Shu bilan birga, Davlat departamenti Rossiya 2019-yilda bunday tajribalarni o‘tkazganligi to‘g‘risida axborotga ega emasligini ta’kidlagan.

"Ehtimol, Rossiya sinovlarni shu tarzda o‘tkazmoqdaki, yadroviy energiya portlash konteyneridan chiqayotgandir, bu Rossiyaning shartnomaga muvofiq bildirishnoma yuborish majburiyatini olgan va bu tashvish keltirib chiqarmoqda", - deya aniqlik kiritgan tashqi ishlar idorasi.

Shuningdek, ular SSSR va AQSh o‘rtasida tuzilgan 1974-yildagi yerostida yadroviy qurol sinovlarini o‘tkazishni cheklash bo‘yicha bitimga muvofiq Moskva Vashingtonni yadroviy tajribalar haqida oldindan xabardor qilish majburiyatiga to‘liq amal qilmayotganidan havotirda ekanligini bildirgan.

AQSh Rossiya sputnikka qarshi raketani sinovdan o‘tkazganini xabar qildi

Davlat departamentiga ko‘ra, Vashington shartnomadagi protokol bo‘yicha sinovlarni tekshira olishi uchun Moskva bunday sinovlar haqida xabardor etishi kerak. Shu bilan birga, AQSh Rossiyani bitimni buzganlikda ayblamagan.

Sputnik radiosi efirida harbiy ekspert, strategik konyuktura markazi direktori Ivan Konovalov bu bayonotga sharh berar ekan, AQSh deyarli barcha sohalarda hamkorlikni uzib tashlaganini qayd etdi.

"Biz hech bo‘lmaganda yadroviy maydondagi hamkorlikni tegmaslikni taklif etgan edik, lekin (AQSh prezidenti) Donald Tramp AQSh yadroviy salohiyatini reviziya qilish haqida e’lon qildi. Bu nimadan dalolat beradi? Amerikaliklar yana yadroviy to‘qmoqqa yopishmoqdalar. Bu holatda hammasi ayon – ularga navbatdagi bitim og‘irlik qilmoqda, ular undan qutulishni istaydi va bu yerda o‘sha DRSMDda foydalangan sxemani ishlatishmoqda. Ular raketaga qarshi mudofaa tizimini cheklash haqidagi shartnomadan chiqqish qarorini qabul qilganlarida, ya’ni shunchaki, hech kimga hech narsani tushuntirmaslikni ma’qul ko‘rganlarida birinchi marta xatolikka yo‘l qo‘ygan edilar. O‘shanda ular Rossiya zaif va har nega rozi bo‘ladi, deb hisoblagandi. Keyin esa ularning bu hunarlari o‘tmay qoldi va shunda ular sxemalarni o‘ylab topishga majbur bo‘ldilar", - dedi Ivan Konovalov.

SSSR va AQSh o‘rtasida 1974-yil iyul oyida imzolangan yadro qurolining yer osti sinovlarini cheklash to‘g‘risidagi shartnoma yer osti yadro sinovlarining kuchini cheklaydi, shuningdek, kelishuvga rioya etilishini o‘zaro nazorat qilish tizimini ta’minlaydi.

Ushbu shartnoma doirasida Rossiya va AQSh o‘rtasidagi axborot almashinuvi bildirishnoma yuborish yo‘li orqali amalga oshiriladi.