Ekspert onlayn-darslar foydasi haqida gapirdi

"O‘qituvchilar gazetasi" bosh muharriri Arslan Xasavov masofaviy o‘qitishning qiyinchiliklari va afzalliklari haqida gapirib, ota-onalarga ushbu qiyin damlardan qanday o‘tib olish haqida maslahat berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu butun ta’lim tizimi uchun yaxshi va foydali sinovdir.
Sputnik

Koronavirus epidemiyasi tufayli ko‘plab mamlakatlarda maktablar masofaviy o‘qishga o‘tdi. Rossiya va O‘zbekistonda ham masofaviy ta’limga o‘tildi. Yangi tizimga o‘rganmagan va doimiy ravishda texnik kamchiliklarga duch keladigan ota-onalar bolalarini kuzatib borish, ular bilan uy vazifalarini bajarish va boshqa narsalarga ko‘p vaqt sarflashmoqda.

Umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun onlayn videodarslar boshlandi

Har bir inson uchun ushbu og‘ir davrdan o‘tib olish uchun Arslan Xasavov kuchlarni birlashtirishni taklif qiladi, shunda ko‘proq foyda olish mumkin bo‘ladi.

"Buni qarama-qarshi jihat sifatida qabul qilish noto‘g‘ri bo‘ladi, aksincha, bu vaqtinchalik chora ekanligini tushunib, birlashib, jarayonga toqatli bo‘lish kerakligini tushunish kerak. To‘g‘ri, ko‘p narsa turli mamlakatlardagi texnik imkoniyatlarga, u qaysi platformada amalga oshirilayotganiga bog‘liq, fuqarolarning qancha qismi barqaror Internetga ulanganligi va ularda zarur uskunalar mavjudligiga bog‘liq”, - deya qayd etadi ekspert.

Shu bilan birga, Xasavov ishonchi komil, maktab hech qachon hozirgidek ochiq bo‘lmagan. Ota-onalar farzandining barcha harakatlarini to‘liq nazorat qilishlari, jurnalni, dars dasturini ko‘rishlari, o‘qituvchi bilan bog‘lanishlari mumkin. Shu munosabat bilan masofaviy ta’lim aloqalar uchun boshqacha imkoniyatlarni ochib beradi.

"Bu butun maktab ta’limi tizimi uchun jiddiy sinov. Ammo umuman olganda, bunday siljish sohaga foydali bo‘ladi. Agar ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar birgalikda ishlashsa, karantindan keyin ular o‘zlari uchun juda ko‘p foydali narsalarga ega bo‘lishadi", - deb ishonadi suhbatdosh.

Televidenie imkoniyatlarini bolalar ta’limiga qo‘shish to‘g‘risida gap ketar ekan, Xasavov, shuningdek, kontentni uzatish deyarli 100 foiz qamrab olinishi va barqarorligini hisobga olgan holda, bu internet tarmog‘iga yaxshi muqobil vosita ekanligini ta’kidladi.

Sputnik O‘zbekiston radio podkastida mutaxassis izohini rus tilida tinglashingiz mumkin.

Ekspert onlayn-darslar foydasi haqida gapirdi