Diyetolog erkaklar uchun eng foydali mahsulotlarni e’lon qildi

Agar erkakka hayvon yog‘lari yetishmasa va xotini uni faqat zaytun yog‘i bilan boqsa, u haqiqiy erkak bo‘lolmaydi, deydi mutaxassis
Sputnik

TOShKENT, 17 apr - Sputnik. Proteinlar, kletchatka va hayvon yog‘lari erkak kishi ratsionining eng muhim tarkibiy qismidir, deydi shifokor-diyetolog Aleksey Kovalkov "A pogovorit?" YouTube-kanaliga bergan intervyusida.

Seksolog xiyonatkor erkaklarning asosiy belgisini aytdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, diyetologlar oksilli ovqatni birinchi qatorga qo‘yishadi - "undan boshqa muhimroq narsa yo‘q". Shifokorning aytishicha, undan keyingi o‘rinda erkak jinsiy gormonlari tarkibiga kiruvchi hayvon yog‘lari turadi.

"Agar unga (erkakka – tahr.) hayvon yog‘lari yetishmasa va xotini uni faqat zaytun yog‘i bilan boqsa, u haqiqiy erkak bo‘lolmaydi. Ular buni sezishadi, shuning uchun ular og‘izlaridan kart yog‘i yoki go‘shtni tortib olib bo‘lmaydi" - dedi shifokor.

To‘qlik hissini beradigan kletchatka ham ovqatlanishda ajralmas hisoblanadi, deya qo‘shimcha qildi Kovalkov.