O‘zbekistonda dizel yonilg‘isi narxi deyarli 2 ming so‘mga arzonlashdi

“O‘zbekneftgaz” dizel yonilg‘isi narxi 14-aprel kunidan 5600 so‘m etib belgilanishi haqida xabar qildi.
Sputnik

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 14-apreldan dizel yonilg‘isining bir litri 5600 so‘mdan sotiladi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, so‘nggi uch oy davomida uning narx deyarli 2 000 so‘mga arzonlashtirilgan.

“O‘zbekneftgaz”: 1-martdan boshlab dizel yoqilg‘isi narxi pasaytirildi

“O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan dizel yonilg‘isi bir litrining birjalardagi narxlari 2020-yilning yanvar-fevral oylari (2019 yil davomida o‘rtacha 7300 so‘m) davomida 7500 so‘mlik qiymatni saqlab qolgan edi.

Joriy yilning mart oyida esa dizel yonilg‘isi bir litrining birjalarda e’lon qilingan narxi 7089 so‘mgacha pasaytirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekistonda AI-91 markali benzin narxi arzonlashtirilgani xabar qilingan edi.